Shermatov, Nuriddin (2025) RAQAMLI ERADA SUNʼIY INTELLEKT (AI) VA ADDITIV (3D PRINTING) TEXNOLOGIYALARI INTELLEKTUAL MULK HUQUQINING OBYEKTI SIFATIDA. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 5 (2). pp. 448-455. ISSN 2181-1342

[thumbnail of 72.pdf] Text
72.pdf - Published Version

Download (1MB)

Abstract

Ushbu maqola raqamli eradagi innovatsion texnologiyalarning – sunʼiy intellekt (AI) va additiv (3D printing) texnologiyalarining intellektual mulk huquqi sohasiga kompleks taʼsirini har tomonlama chuqur tahlil qiladi. Maqolada sunʼiy intellekt kontekstidagi mualliflik huquqi masalalari, shuningdek additiv texnologiyalarning (3D ishlab chiqarishning) intellektual mulk huquqiga taʼsiri keng koʻlamda oʻrganiladi hamda texnologik rivojlanish davrida normativ huquqiy bazani shakllantirish boʻyicha Prezident qaror va farmoyishlarining mazmun-mohiyatini ochib beradi. Maqolada innovatsion texnologiyalarning intellektual mulk huquqi sohasida yuzaga keltirayotgan murakkab muammolari real keyslar asosida tahlil qilinadi, ularning oʻzaro munosabatlari va rivojlanish tendensiyalarini oʻrganadi. Tadqiqot ushbu sohadagi huquqiy tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha asosli va amaliy tavsiyalar beradi, intellektual mulk huquqining raqamli eradagi yangi obyektlari va transformatsiyasini kompleks yondashuvda oʻrganadi.

Item Type: Article
Subjects: K Law > K Law (General)
Depositing User: Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz
Date Deposited: 25 Aug 2025 08:38
Last Modified: 25 Aug 2025 08:38
URI: https://ilmiykutubxona.uz/id/eprint/1093

Actions (login required)

View Item
View Item