Bebitov, Maqsud and Jo‘raqulova, Mukambar (2025) JALOLIDDIN RUMIY: TURKISTON VA ANADOLU OʻRTASIDAGI MAʼNAVIY KOʻPRIK. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 5 (2s). pp. 50-57. ISSN 2181-1342

[thumbnail of 8 (2).pdf] Text
8 (2).pdf - Published Version

Download (1MB)

Abstract

Jaloliddin Rumiyning boy falsafiy-maʼnaviy merosi jahon falsafasi va madaniyatiga qoʻshgan hissasi bilan beqiyosdir. Yetti asrdan ortiq vaqt davomida uning shaxsiyati va ilmiy-maʼnaviy merosi Sharq hamda Gʻarb olamida keng qiziqish uygʻotib kelmoqda. Oʻrta asrlar musulmon Sharqining ulugʻ mutafakkiri, alloma va tasavvufiy falsafa vakili boʻlgan Jaloliddin Rumiyning merosi bugungi kunda ham maʼnaviyatga tashna boʻlgan qalblarni oʻz ziyosi bilan yoritib kelmoqda. Uning falsafiy mushohadalari, tasavvufiy tafakkuri va maʼnaviy merosini chuqur oʻrganish uchun avvalo uning hayot yoʻli, shaxsiyati va tasavvufiy qarashlarining shakllanishiga taʼsir koʻrsatgan tarixiy, ijtimoiy va madaniy omillarni tahlil qilish zarur. Ushbu tadqiqotda Jaloliddin Rumiyning hayoti, falsafiy va tasavvufiy qarashlari tarixiy-biografik tahlil va qiyosiy metodlar asosida oʻrganilgan.

Item Type: Article
Subjects: D History General and Old World > D History (General)
Depositing User: Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz
Date Deposited: 27 Aug 2025 19:46
Last Modified: 27 Aug 2025 19:46
URI: https://ilmiykutubxona.uz/id/eprint/1153

Actions (login required)

View Item
View Item