Sanayev, Botir (2025) SUNʼIY INTЕLLЕKT TЕXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHDA YETKAZILGAN ZARAR UCHUN YURIDIK JAVOBGARLIK MUAMMOLARI. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 5 (2s). pp. 216-221. ISSN 2181-1342

[thumbnail of 35 (2).pdf] Text
35 (2).pdf - Published Version

Download (1MB)

Abstract

Ushbu maqolada sunʼiy intellekt (SI) tushunchasi va uning huquqiy masalalari yoritilgan. Maqolada SI mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatiga ega boʻlsa-da, inson ongi bilan toʻliq taqqoslab boʻlmasligi taʼkidlanadi. Shuningdek, SI texnologiyalarining xavflari, inson shaxsiy maʼlumotlari va xavfsizligiga taʼsiri haqida fikr yuritiladi. Maqola SI tomonidan keltirilishi mumkin boʻlgan zararlar uchun huquqiy javobgarlik masalasiga eʼtibor qaratib, turli yondashuvlarni koʻrib chiqadi. SI ning huquqiy subyekt sifatida tan olinishi yoki uni huquq obyekti sifatida koʻrish konsepsiyalari taqqoslanadi. Maqolada SI bilan bogʻliq huquqiy javobgarlik masalasida xalqaro va milliy tajriba tahlil qilinib, qonuniy mexanizmlar, jumladan, sugʻurta mexanizmlaridan foydalanish imkoniyatlari muhokama qilinadi. Maqolada shuningdek, SI texnologiyalaridan kelib chiqadigan zararlarni qoplash uchun javobgar shaxslarni aniqlashning muhimligi taʼkidlanadi. Xususan, ishlab chiquvchilar, dasturiy taʼminot egalari, foydalanuvchilar va uchinchi tomonlarning javobgarlik masalalari tahlil qilinadi. Natijada, SI texnologiyalari bilan bogʻliq muammolarni huquqiy hal etishning muhimligi va huquqiy javobgarlikni taʼminlash mexanizmlarini takomillashtirish zarurati asoslanadi.

Item Type: Article
Subjects: K Law > K Law (General)
Depositing User: Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz
Date Deposited: 02 Sep 2025 17:17
Last Modified: 02 Sep 2025 17:17
URI: https://ilmiykutubxona.uz/id/eprint/1184

Actions (login required)

View Item
View Item