Hakimova, Nargiza (2025) YOSH KURASHCHI QIZLARDA MUVOZANAT QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHDA RAQS VA HARAKATLI OʻYINLARDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYASI. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 5 (3s). pp. 267-273. ISSN 2181-1342
![38 (3).pdf [thumbnail of 38 (3).pdf]](https://ilmiykutubxona.uz/style/images/fileicons/text.png)
38 (3).pdf - Published Version
Download (439kB)
Abstract
Ushbu tadqiqotda yosh kurashchi qizlarda muvozanat qobiliyatini rivojlantirishda raqs va harakatli
oʻyinlardan foydalanish texnologiyasining samaradorligi oʻrganilgan. Maqsad yosh sportchilarda muvozanatni
shakllantirish uchun jismoniy tarbiya mashgʻulotlariga yangi, innovatsion yondashuvlarni joriy etish va uning
samaradorligini tahlil qilishdir. Tadqiqotda 10-12 yoshdagi kurashchi qizlar ishtirok etib, ularga maxsus
tayyorlangan trening dasturi asosida raqs va harakatli oʻyin mashgʻulotlari olib borilgan. Tajribaviy guruhda
ishtirokchilar uchun raqs va harakatli oʻyinlarning jismoniy va psixologik foydalari, shu jumladan, muvozanatni
yaxshilash, koordinatsiyani rivojlantirish, mushaklarni kuchaytirish va umumiy jismoniy holatni yaxshilash koʻzda
tutilgan.
Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, raqs va harakatli oʻyinlar faqat muvozanat qobiliyatini rivojlantirishda
samarali emas, balki yosh sportchilarning psixologik holatini yaxshilashda ham muhim rol oʻynaydi.
Ishtirokchilarda darslarga boʻlgan qiziqish, motivatsiya va faollik oshdi, bu esa ularning umumiy sport faolligini
yuksaltirdi. Tadqiqot davomida oʻtkazilgan testlar natijalariga koʻra, tajribaviy guruh ishtirokchilarida
muvozanatni saqlash qobiliyati aniq oʻsish koʻrsatdi. Misol uchun, Milliy raqs testi va muvozanat platformasida
barqarorlik testi natijalari tajribaviy guruhda sezilarli darajada yaxshilanganligini koʻrsatdi.
Item Type: | Article |
---|---|
Subjects: | L Education > L Education (General) |
Depositing User: | Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz |
Date Deposited: | 06 Sep 2025 13:19 |
Last Modified: | 06 Sep 2025 13:19 |
URI: | https://ilmiykutubxona.uz/id/eprint/1253 |