Esanova, Shaxnoza (2025) JINOYATGA TAYYORGARLIK KOʻRISH VA SUIQASD QILGANLIK UCHUN JAVOBGARLIKKA OID RIVOJLANGAN DAVLATLAR TAJRIBASI. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 5 (6). pp. 377-383. ISSN 2181-1342

[thumbnail of 61.pdf] Text
61.pdf - Published Version

Download (1MB)

Abstract

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsadi huquqiy davlatni shakllantirish, qonuniylik va adolatni mustahkamlash, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari taʼminlanishiga erishish, ijtimoiy xavfli tajovuzlarni oldini olish va unga nisbatan qarshi kurashni taʼminlovchi huquqiy davlatning bir elementi sifatida jinoyat qonuni ham qonuniylik va adolatni taʼminlashda asosiy vazifani bajaradi. Shuningdek, ushbu maqolada jinoyatga tayyorgarlik va suiqasd qilganlik uchun javobgarlikning nazariy, huquqiy va amaliy jihatlari har tomonlama oʻrganilib, jinoyatning tugallanmagan shakllaridan biri sifatida jinoyatga tayyorgarlik va suiqasd qilishning mohiyatini ochib berish, ularning belgilari, turlari, javobgarlik asoslari hamda milliy va xorijiy qonunchilikdagi oʻrnini tahlil qilishdan iboratdir.

Maqolada Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligida jinoyatga tayyorgarlik
va suiqasd uchun javobgarlik masalalariga oid normalar tahlil qilinib, ularning amaliy tatbiqi
va sud amaliyotidagi muammoli jihatlari aniqlangan. Shuningdek, AQSh, Germaniya, Ispaniya va Italiya kabi rivojlangan davlatlar qonunchiligi misolida mazkur institutning huquqiy modeli oʻrganilib, milliy huquqni takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Jinoyatga tayyorgarlik va suiqasd tushunchalariga aniqlik kiritish, ularni ajratish mezonlarini belgilash hamda amaldagi normalarni takomillashtirish boʻyicha aniq ilmiy va amaliy takliflar berilgan.

Item Type: Article
Subjects: K Law > K Law (General)
Depositing User: Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz
Date Deposited: 30 Jun 2025 19:18
Last Modified: 30 Jun 2025 19:18
URI: https://ilmiykutubxona.uz/id/eprint/128

Actions (login required)

View Item
View Item