Mansurov, Abdulaziz (2025) DEMOGRAFIK JARAYONLAR, MIGRATSIYA VA URBANIZATSIYANING MADANIYATLARARO DIALOGGA TAʼSIRI. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 5 (7). pp. 109-113. ISSN 2181-1342

[thumbnail of 17.pdf] Text
17.pdf - Published Version

Download (1MB)

Abstract

Ushbu maqolada jamiyatda kechayotgan turli jarayonlar, xususan, demografik oʻzgarishlar, aholi migratsiyasi va urbanizatsiyaning madaniyatlarga koʻrsatayotgan taʼsiri asosiy mavzu sifatida oʻrganiladi. Mazkur jarayonlar tufayli madaniyatlarning transformatsiyasi, xalqlarning mentaliteti va milliy oʻzligini anglash (identitet) jarayonlari shakllanishi tahlil qilinadi. Madaniy munosabatlarga turli hududlarda yuz berayotgan demografik jarayonlar, aholining koʻchishi va urbanizatsiya kabi omillarning aks etishi falsafiy tahlil qilinadi. Ushbu tahlil orqali madaniyatlararo munosabatlardagi oʻzgarishlar, yangi madaniy shakllarning paydo boʻlishi va anʼanaviy madaniyatlarning evolyutsiyasi kabi jihatlar koʻrib chiqiladi. Maqolada, shuningdek, global migratsiya oqimlari, shaharlashuvning madaniy landshaftga taʼsiri, anʼanaviy qadriyatlarning zamonaviy sharoitda saqlanib qolinishi yoki oʻzgarishi masalalari ham chuqur tahlil qilinadi. Ushbu tahliliy yondashuv madaniyatlararo munosabatlarning murakkab dinamikasini tushunishga va madaniyatlarning kelajakdagi rivojlanish tendensiyalarini bashorat qilishga yordam beradi.

Item Type: Article
Subjects: B Philosophy. Psychology. Religion > B Philosophy (General)
Depositing User: Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz
Date Deposited: 18 Sep 2025 12:52
Last Modified: 18 Sep 2025 12:52
URI: https://ilmiykutubxona.uz/id/eprint/1305

Actions (login required)

View Item
View Item