Ayimbetova, Zamira (2025) BADIIY ADABIYOTDA MOTIVLARNI TIZIMLASHTIRISH VA TASNIFLASHNING NAZARIY ASOSLARI. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 5 (9). pp. 81-87. ISSN 2181-1342

[thumbnail of 12 (1).pdf] Text
12 (1).pdf - Published Version

Download (1MB)

Abstract

Ushbu maqolada badiiy motivlarni tizimlashtirish va tasniflashning nazariy asoslari tahlil qilingan. Veselovskiy, Tomashevskiy, Garmash, Meletinskiy, Yung, Fray kabi tadqiqotchilar qarashlariga tayangan holda motivning semantik, struktural va tematik talqinlari, shuningdek motiv-mavzu-syujet oʻzaro munosabatlari yoritiladi; syujetdagi funksiyasiga koʻra bogʻlovchi (dinamik) va erkin (statik) motivlar farqlanadi. Qamrovi va paydo boʻlish manbalariga koʻra anʼanaviy va individual (leytmotiv) turlari; janrlar kesimidagi (lirik, epik, dramatik) ustuvor motivlar; mazmun-obraz xususiyatiga koʻra mifologik, vaziyat, harakat, obraz, xarakteristik, manzara, fazoviy (xronotop bilan bogʻliq) va psixologik motivlar tizimi taklif etiladi. Komparativ-tarixiy yondashuvda Thompson indeksi hamda Frenzel lugʻatining roli koʻrsatiladi, motivlarning milliy-madaniy talqinlari va migratsiya-transformatsiya jarayonlari misollar bilan asoslanadi. Muallif motifema-allomotiv qarama-qarshi juftligi asosida mezonlar (mazmuniy mohiyat, funksional rol, janr va madaniy bogʻliqlik)ni aniqlab, intertekstual tahlil, tarjima va komparativ adabiyot hamda motivlar korpusini yaratish amaliyotlari uchun konseptual modelni taqdim etadi.

Item Type: Article
Subjects: P Language and Literature > P Philology. Linguistics
Depositing User: Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz
Date Deposited: 03 Oct 2025 12:44
Last Modified: 03 Oct 2025 12:44
URI: https://ilmiykutubxona.uz/id/eprint/1345

Actions (login required)

View Item
View Item