Jabbarov, Sardorbek and Mirzaxmedov, Abdurashid (2025) ISTEʼMOLCHILIK JAMIYATIDA AHOLINING ISTEʼMOL MEʼYORI. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 5 (10). pp. 217-224. ISSN 2181-1342

[thumbnail of 37 (1).pdf] Text
37 (1).pdf - Published Version

Download (1MB)

Abstract

Maqolada isteʼmolchilik jamiyatida aholining isteʼmolchilik kayfiyati va moʻljallarining transformatsiyasi sotsiologik, iqtisodiy, psixologik nuqtai nazardan nazariy tahlillar amalga oshirilgan. Jamiyat taraqqiyoti sanoatlashuvi tufayli ishlab chiqarishning beqiyos darajada oʻsishi bilan mahsulotlarni sotish borasida korxonalarning raqobati keskin tus oladi. Bu hol ijtimoiy-iqtisodiy hayotda isteʼmolchilik jamiyatining rivojlanish jarayoniga mos boshqaruv bilan birga aholining isteʼmol meʼyorlarini qadriyatlashtirishga ehtiyojni tugʻdiradi. Isteʼmolchilik jamiyatining shakllanishida ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarni sotish uchun isteʼmolchini turli yoʻllar bilan manipulyatsiyasi ham avj oladi.Natijada aholining feʼl-atvori va kayfiyatida bozor va savdo rastalarida aylanish, mahsulotlarni tomosha qilish, va sotib olish oʻziga xos isteʼmol odatiga aylanadi. Xorijiy ilmiy adabiyotlarda isteʼmolchilik jamiyatining taʼrif va talqinlari Erix Fromm va Djon Bodriyard tomonidan atroflicha amalga oshirilgan. XX-asr iqtisodiyot nazariyasida olimlar isteʼmolchilik jamiyatining industrial taraqqiyotning uch toʻlqini haqida ilmiy tahlillarni oʻtkazganlar. Shu maʼnoda maqolaning maqsadi yangi Oʻzbekistonda isteʼmolchilik jamiyatining oʻziga xos etnokonfessional jihatlariga tayangan holda “Isteʼmol meʼyori” ijtimoiy qadriyat sifatida ilmiy muhokamaga qoʻyishdir. Shu bilan birga isteʼmolchilik jamiyatining jamiyat taraqqiyotida shaxs maʼnaviy-axloqiy qiyofasiga taʼsiri ochib beriladi.

Item Type: Article
Subjects: B Philosophy. Psychology. Religion > B Philosophy (General)
Depositing User: Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz
Date Deposited: 14 Oct 2025 20:03
Last Modified: 14 Oct 2025 20:03
URI: https://ilmiykutubxona.uz/id/eprint/1450

Actions (login required)

View Item
View Item