Salimova, Diyoraxon (2025) HAVO TRANSPORTIDA TASHUVCHI JAVOBGARLIGINING NAZARIY DOKTRINASI. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 5 (10). pp. 327-333. ISSN 2181-1342
58.pdf - Published Version
Download (1MB)
Abstract
Ushbu maqolada xalqaro havo huquqida tashuvchi javobgarligining nazariy doktrinalari, xususan, 1999-yilgi Monreal konvensiyasining Varshava tizimiga kiritgan yangiliklari tahlil qilinadi. Tadqiqot Konvensiyaning uch asosiy doktrinalariga eʼtibor qaratadi: qatʼiy javobgarlik, ikki bosqichli javobgarlik tizimi va javobgarlikdan ozod boʻlish (exoneration) doktrinasi. Monreal konvensiyasi yoʻlovchilar huquqlarini mustahkamlash maqsadida qatʼiy javobgarlik konsepsiyasini 100 000 SDRgacha belgiladi va daʼvolarni koʻrib chiqishni soddalashtirdi. Shu bilan birga, u ikki bosqichli tizim orqali qatʼiy javobgarlik va aybga asoslangan javobgarlikni uygʻunlashtirdi hamda 20-modda orqali yoʻlovchi beparvoligi natijasida javobgarlikni kamaytirish yoki bekor qilish imkonini berdi. Bundan tashqari, cheklangan javobgarlik konsepsiyasi tashuvchilar va sugʻurtachilar uchun moliyaviy barqarorlikni taʼminlovchi institut sifatida yoritiladi. Doktrinal-huquqiy tahlil, milliy qonunchilik va sud amaliyoti misolida ushbu mexanizmlar yoʻlovchi manfaatlarini himoya qilish va aviakompaniyalar iqtisodiy xavfsizligini taʼminlashga xizmat qiluvchi gibrid model sifatida baholanadi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Subjects: | K Law > K Law (General) |
| Depositing User: | Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz |
| Date Deposited: | 15 Oct 2025 06:43 |
| Last Modified: | 15 Oct 2025 06:43 |
| URI: | https://ilmiykutubxona.uz/id/eprint/1471 |
