Uteniyazov, Keulimjay (2025) AYBLOV TUSHUNCHASI, TURLARI VA UNING JINOYAT-PROTSESSUAL HUQUQ TIZIMIDAGI OʻRNI. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 5 (10). pp. 364-370. ISSN 2181-1342

[thumbnail of 63.pdf] Text
63.pdf - Published Version

Download (1MB)

Abstract

Mazkur maqolada ayblov institutining jinoyat-protsessual huquq tizimidagi oʻrni, uning tushunchasi va turlari ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotning predmeti sifatida ayblov institutining huquqiy tabiatini belgilovchi normalar, mavzusi sifatida esa ayblovning shakllanishi, rivojlanishi va huquqiy tizimdagi funksional ahamiyati tanlangan. Tadqiqotning maqsadi ayblov institutining mohiyatini ochib berish, uning turli koʻrinishlarini tasniflash hamda jinoyat protsessida davlat va shaxs manfaatlarining muvozanatini taʼminlovchi mexanizm sifatidagi oʻrnini aniqlashdan iborat. Mavzuning dolzarbligi ayblov institutining nafaqat davlat ayblovini amalga oshirishda, balki jabrlanuvchi manfaatlarini himoya qilishda ham asosiy vosita sifatida xizmat qilishi bilan belgilanadi. Tadqiqotda qiyosiy-huquqiy, tahliliy, umumlashtirish, induksiya va deduksiya metodlaridan foydalanilgan. Ayblov institutining uch turi — ommaviy, xususiy va xususiy-ommaviy shakllari mavjudligi asoslab berilgan, ularning huquqiy tabiati, qoʻllanish sohasi va jinoiy taʼqibni amalga oshirishdagi oʻziga xos xususiyatlari yoritilgan. Shuningdek, ayblov faoliyatining bosqichlari — jinoyat ishini qoʻzgʻatish, tergov, prokuror nazorati va sud muhokamasi jarayonida uning evolyutsiyasi tahlil qilingan. Maqolada ilgari surilgan xulosalar jinoyat-protsessual qonunchilikni takomillashtirish hamda odil sudlov samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishga asos boʻlib xizmat qiladi.

Item Type: Article
Subjects: K Law > K Law (General)
Depositing User: Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz
Date Deposited: 15 Oct 2025 11:13
Last Modified: 15 Oct 2025 11:13
URI: https://ilmiykutubxona.uz/id/eprint/1476

Actions (login required)

View Item
View Item