Shagazatova, Barno and Vafoyev, Shaxzod (2025) QANDLI DIABET 2 TUR BEMORLARINI DAVOLASHDA GO'P-1 AGONISTINING O‘RNI. Medicineproblems.uz-Tibbiyot fanlarining dolzarb masalalari, 3 (5). pp. 12-18. ISSN 3030-3133
2.+Shagazatova+va+Vafoyev.pdf - Published Version
Download (531kB)
Abstract
Hozirgi kunda endokrinologiya sohasidagi asosiy yutuqlaridan biri qandli diabet 2 tur (QD) bilan og‘rigan bemorlarni davolashga bir qancha yangi guruhdagi gipoglikemik dori vositalarining paydo bo‘lishidir. Bularga glukagonga o‘xshash peptid-1 (GO‘P-1) retseptorlari agonistlari, natriy-glyukoza kotransporter-2 (SGLT-2) ingibitorlari va dipeptidil peptidaza 4 (DPP-4) ingibitorlari kiradi. Ularning dastlabki ikkitasini bir qator yirik randomizatsiyalangan tadqiqot sinovlarida o‘rganilganda, qandli diabet 2 tur bilan og‘rigan bemorlarda yurak-qon tomir kasalliklari va umumiy o‘lim ko‘rsatkichiga, buyrak asoratlari rivojlanish xavfi va boshqa bir qator holatlarga ijobiy ta'sirlari qayd etildi. Ayniqsa GO‘P-1 agonistlari oshqozon-ichak tizimida ovqatdan keyin ishlab chiqariladigan gormonlar GIP va GO‘P-1 singari ta’sir qiladi. Bunda ovqatdan keyingi insulin chiqarilishini oshiradi, ishtaxani kamaytiradi, insulinrezistentlikni kamaytiradi shu orqali qonda glyukoza miqdorini pasaytiradi va tana vaznini kamaytiradi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Subjects: | R Medicine > R Medicine (General) |
| Depositing User: | Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz |
| Date Deposited: | 16 Oct 2025 06:12 |
| Last Modified: | 16 Oct 2025 06:12 |
| URI: | https://ilmiykutubxona.uz/id/eprint/1505 |
