Madaminova, Mavjuda (2025) TALABALARNING TEXNIK IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 5 (6). pp. 524-529. ISSN 2181-1342

[thumbnail of 83.pdf] Text
83.pdf - Published Version

Download (1MB)

Abstract

Mazkur maqolada talabalar texnik ijodkorligini rivojlantirishning nazariy asoslari keng yoritilgan. Texnik ijodkorlik — bu yoshlarning muhandislik-texnik fikrlashini shakllantirish, amaliyotda innovatsion gʻoyalarni ilgari surish va ularni hayotga tatbiq eta olish qobiliyatidir. Muallif tomonidan texnik ijodkorlik tushunchasining mazmun-mohiyati, uning shakllanish bosqichlari, taʼlim jarayonidagi oʻrni va ahamiyati nazariy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, pedagogik texnologiyalar, integratsiyalashgan oʻquv faoliyati, loyihaviy ishlar va interfaol usullar orqali talabalarni texnik ijodkorlikka yoʻnaltirish imkoniyatlari koʻrib chiqilgan. Maqolada texnik ijodkorlikni rivojlantirishda motivatsiya, shaxsiy faollik, muammoli vaziyatlar yaratish va ijodiy fikrlashni ragʻbatlantirish kabi omillar muhim ahamiyat kasb etishi alohida taʼkidlangan. Tadqiqot natijalariga asoslanib, texnik ijodkorlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi samarali uslubiy tavsiyalar ilgari surilgan. Mazkur maqola oliy taʼlim tizimida ijodiy fikrlaydigan, muammolarni mustaqil hal eta oladigan, innovatsion yondashuvga ega kadrlarni tayyorlashda nazariy va amaliy jihatdan muhim manba boʻlib xizmat qiladi.

Item Type: Article
Subjects: L Education > L Education (General)
Depositing User: Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz
Date Deposited: 01 Jul 2025 19:01
Last Modified: 01 Jul 2025 19:01
URI: https://ilmiykutubxona.uz/id/eprint/151

Actions (login required)

View Item
View Item