Mamatmurodov, Farrux (2025) OʻZBEKISTONDA SUKUKNI RIVOJLANTIRISH: HUQUQIY ISLOHOTLAR, INFRATUZILMA, MUAMMOLAR VA IMKONIYATLAR. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 5 (9s). pp. 463-472. ISSN 2181-1342
74.pdf - Published Version
Download (1MB)
Abstract
Ushbu maqolada Oʻzbekistonda Sukuk (Shariatga muvofiq investitsion qimmatli qogʻozlar) bozorini shakllantirish jarayoni huquqiy, institutsional va infratuzilmaviy nuqtai nazardan tahlil qilingan. Avvalo, Sukukning nazariy asoslari va xalqaro tajriba — Malayziya, Buyuk Britaniya hamda Qozogʻiston misolida — koʻrib chiqiladi. Shuningdek, Oʻzbekistonda Sukuk emissiyasini yoʻlga qoʻyish uchun zarur boʻlgan huquqiy islohotlar, Shariat kengashi tizimini yaratish, soliq neytralligi tamoyillarini joriy etish va moliyaviy infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlar yoritilgan. Maqolada mavjud huquqiy boʻshliqlar, Shariat nazorat mexanizmlarining yoʻqligi, kadrlar salohiyatining pastligi va investorlar bazasining torligi kabi asosiy muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ilgari suriladi. Tadqiqot natijalariga koʻra, izchil huquqiy baza, Shariat boshqaruvi va infratuzilma elementlari shakllantirilgandagina Oʻzbekistonda barqaror va xalqaro talablarga mos Sukuk bozori rivojlanishi mumkin degan xulosaga kelinadi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Subjects: | K Law > K Law (General) |
| Depositing User: | Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz |
| Date Deposited: | 28 Oct 2025 21:39 |
| Last Modified: | 28 Oct 2025 21:39 |
| URI: | https://ilmiykutubxona.uz/id/eprint/1592 |
