Uteniyazov, Keulimjay (2025) JINOYAT PROTSESSIDA AYBLOV FUNKSIYASINI AMALGA OSHIRUVCHI SUBYEKTLARNING HUQUQIY MAQOMIGA OID MUAMMO VA YECHIMLAR. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 5 (9s). pp. 482-489. ISSN 2181-1342
76.pdf - Published Version
Download (1MB)
Abstract
Mazkur maqolada jinoyat protsessida ayblov funksiyasini amalga oshiruvchi subyektlarning huquqiy maqomi, ularning vakolatlari hamda amaldagi qonunchilikda mavjud boʻshliqlar ilmiy-nazariy va amaliy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqot predmeti – jinoyat protsessida ayblov faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar, mavzusi – ularning huquqiy maqomini belgilash masalalari, maqsadi esa amaldagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish zaruratini asoslab berishdan iborat. Mavzuning dolzarbligi shundaki, ayblovning adolatli va samarali yuritilishi koʻp jihatdan ayblov subyektlarining huquqiy maqomi hamda ularning faoliyati ustidan nazorat mexanizmlariga bogʻliqdir. Tadqiqot metodologiyasi sifatida qiyosiy-huquqiy tahlil, umumlashtirish, induksiya va deduksiya usullaridan foydalanilgan. Olingan natijalar shuni koʻrsatadiki, amaldagi Jinoyat-protsessual kodeksda ayrim subyektlar – tergovchi va surishtiruvchilarning maqomi hamda vakolatlari aniq belgilab berilmagan, bu esa amaliyotda turli talqinlarga olib kelmoqda. Muallif tomonidan ayblov funksiyasini amalga oshiruvchi subyektlar tarkibiga prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, tergov va surishtiruv organlari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari, jamoat ayblovchisi, jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar hamda ularning vakillari kiritilishi asoslangan. Natijalarning qoʻllanish sohasi – jinoyat-protsessual qonunchilikni takomillashtirish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida aniqlik va samaradorlikni oshirishdir.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Subjects: | K Law > K Law (General) |
| Depositing User: | Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz |
| Date Deposited: | 28 Oct 2025 21:58 |
| Last Modified: | 28 Oct 2025 21:58 |
| URI: | https://ilmiykutubxona.uz/id/eprint/1594 |
