Xidirov, Gʻanisher (2025) TEZKOR-QIDIRUV FAOLIYATI USTIDAN SUD NAZORATINING QIYOSIY-HUQUQIY TAHLILI. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 5 (9s). pp. 490-499. ISSN 2181-1342

[thumbnail of 77.pdf] Text
77.pdf - Published Version

Download (1MB)

Abstract

Maqola tezkor-qidiruv faoliyati ustidan sud nazoratining qiyosiy-huquqiy tahliliga bagʻishlangan. Unda shaxs huquq va erkinliklarini cheklashning qonuniyligi va asosliligini taʼminlashda sud nazoratining oʻrni yoritilgan hamda turli mamlakatlar tajribasi qiyoslangan. Avvalo, Yevropa modeli Inson huquqlarini himoya qilish Konvensiyasi va Yevropa sudining qarorlari asosida tahlil qilinib, davlatning shaxsiy hayotga aralashuvi faqat qonuniy asoslarda, legitim maqsadlarda va demokratik jamiyat uchun zarur hollarda amalga oshirilishi shartligi koʻrsatib oʻtilgan. Ukraina, Germaniya, Qozogʻiston va Rossiya qonunchiligida yashirin kuzatuv, telefon soʻzlashuvlarini nazorat qilish, elektron maʼlumotlarni yigʻish kabi maxsus tergov harakatlari tartibga solingani hamda ularda sud ruxsatisiz tadbir oʻtkazilmasligi talabi alohida taʼkidlangan. MDH davlatlari qonunchiligi tahlili esa nazorat mexanizmlarining oʻxshash va farqli jihatlarini ochib beradi. AQShda razvedka faoliyatiga oid cheklovlar FISA sudi orqali amalga oshirilishi, Buyuk Britaniyada esa fuqarolarning shikoyat huquqi kafolatlari qayd etiladi. Xulosa qismida Oʻzbekiston qonunchiligini yanada takomillashtirish, tezkor-qidiruv tadbirlarini sanksiyalashda aniq mezonlar belgilash, shaxsni xabardor qilish mexanizmlarini kengaytirish hamda sud nazoratini kuchaytirish zarurligi asoslab berilgan. Mazkur izlanish huquqni muhofaza qilish amaliyoti va qonun ijodkorligida nazariy-amaliy ahamiyat kasb etadi.

Item Type: Article
Subjects: K Law > K Law (General)
Depositing User: Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz
Date Deposited: 28 Oct 2025 21:59
Last Modified: 28 Oct 2025 21:59
URI: https://ilmiykutubxona.uz/id/eprint/1595

Actions (login required)

View Item
View Item