Abilov, Oʻrol (2025) OPTIMIZM-PESSIMIZMNING IJTIMOIY VA GNOSEOLOGIK ASOSLARI. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 5 (11). pp. 73-81. ISSN 2181-1342
14 (2).pdf - Published Version
Download (1MB)
Abstract
Ushbu maqolada optimizm va pessimizmning falsafiy, gnoseologik va ijtimoiy asoslari tahlil qilinadi. Optimistik va pessimistik dunyoqarashlar insonning tashqi olamga boʻlgan munosabatini belgilovchi fundamental kategoriyalar sifatida koʻrib chiqiladi. Falsafiy nuqtai nazardan, Gotfrid Vilgelm Leybnisning “barcha mumkin boʻlgan dunyolarning eng yaxshisi“ haqidagi optimistik qarashlari Artur Shopengauerning dunyoni doimiy azob va “iroda“ asosiga qurilgan deb taʼriflovchi pessimistik falsafasiga qarshi qoʻyiladi. Psixologik jihatdan, maqolada Charlz Karver va Maykl Shayerning dispozitsion optimizm konsepsiyasi hamda Martin Seligmanning izohlovchi uslub (optimist salbiy hodisalarni tashqi, beqaror sabablarga bogʻlaydi, pessimist esa ichki, barqaror sabablarga) nazariyasi tahlil qilinadi. Ushbu tadqiqotda dialektik-materialistik yondashuv asosida Oʻzbekiston sharoitida milliy ong, madaniyat, hayot tarzi va urbanizatsiya jarayoni kabi ijtimoiy omillarning ijtimoiy va individual optimizmni shakllantirishdagi oʻrni koʻrsatib beriladi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Subjects: | B Philosophy. Psychology. Religion > B Philosophy (General) |
| Depositing User: | Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz |
| Date Deposited: | 04 Nov 2025 06:31 |
| Last Modified: | 04 Nov 2025 06:31 |
| URI: | https://ilmiykutubxona.uz/id/eprint/1655 |
