Mamajonov, Sanjarbek (2025) SOTSIAL INJENERIYANING RIVOJLANISH TARIXI VA METODOLOGIYASI. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 5 (11). pp. 113-118. ISSN 2181-1342

[thumbnail of 19 (1).pdf] Text
19 (1).pdf - Published Version

Download (1MB)

Abstract

Ushbu maqolada sotsial injeneriya fenomenining tarixiy shakllanishi, ilmiy paradigmalari va metodologik asoslari chuqur tahlil qilinadi. Jamiyatni ilmiy boshqarish gʻoyalaridan boshlab, psixologik manipulyatsiya va raqamli kognitiv urushlar davriga qadar boʻlgan evolyutsion bosqichlar qamrab olinadi. Tadqiqotda sotsial injeneriyaning sotsiologik, psixologik va kiberxavfsizlikka oid talqinlari koʻrib chiqilib, inson ongidagi ishonch mexanizmlaridan foydalanish orqali amalga oshiriladigan kognitiv tahdidlar ilmiy asosda sharhlanadi. Maqolaning ilmiy yangiligi shundan iboratki, sotsial injeneriya faqatgina firibgarlik yoki kiberjinoyat vositasi sifatida emas, balki inson tafakkurini boshqarishga qaratilgan kompleks epistemologik kategoriya sifatida tadqiq etiladi. Tadqiqot nazariy-tahliliy yondashuvlarga tayanib, sotsial injeneriyaning jamiyat xavfsizligi, axborot suvereniteti va ijtimoiy ong uchun strategik ahamiyatini yoritadi.

Item Type: Article
Subjects: B Philosophy. Psychology. Religion > B Philosophy (General)
Depositing User: Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz
Date Deposited: 04 Nov 2025 06:43
Last Modified: 04 Nov 2025 06:43
URI: https://ilmiykutubxona.uz/id/eprint/1660

Actions (login required)

View Item
View Item