Sayitqulova, Zilola (2025) BADIIY ASARLARDA PERSONAJLARARO MUNOSABATLARNING LINGVOMADANIY VA PRAGMATIK TAHLILI (OʻZBEK VA INGLIZ ADABIYOTI MISOLIDA). Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 5 (11). pp. 199-203. ISSN 2181-1342
36 (1).pdf - Published Version
Download (1MB)
Abstract
Ushbu maqolada badiiy asarlarda personajlararo munosabatlarning lingvomadaniy va pragmatik jihatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda oʻzbek va ingliz adabiyotlaridagi personajlarning nutqiy xatti-harakatlari, muloqot jarayonida aks etgan milliy qadriyatlar, madaniy stereotiplar hamda kommunikativ xususiyatlar oʻrganilgan. Oybekning “Qutluq qon”, R.L. Stevensonning “Kidnapped”, M. Twainning “The Prince and the Pauper” hamda Choʻlponning “Kecha va Kunduz” asarlaridan olingan misollar asosida personajlar nutqining lingvomadaniy tahlili amalga oshirilgan. Tadqiqot natijalarida oʻzbek xalqi uchun xos mehmondoʻstlik, hurmat, qarindoshlik, samimiylik kabi qadriyatlar; ingliz xalqining esa individuallik, masofa saqlash va rasmiylikni afzal bilish madaniy xususiyatlari ifodalangan. Shuningdek, frazeologizmlar, murojaat shakllari, shartli gaplar, metaforik tasvirlar orqali milliy tafakkur va insoniy ruhiyatning badiiy talqini yoritilgan. Maqola lingvopragmatik va lingvomadaniy tahlil asosida millatlararo farqlarni aniqlash, ularning badiiy til vositalarida namoyon boʻlishini ochib berishga xizmat qiladi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Subjects: | P Language and Literature > P Philology. Linguistics |
| Depositing User: | Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz |
| Date Deposited: | 04 Nov 2025 09:57 |
| Last Modified: | 04 Nov 2025 09:57 |
| URI: | https://ilmiykutubxona.uz/id/eprint/1677 |
