Najmetdinov, Maʼruf (2025) OʻQUVCHILARNING SOGʻLOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISHDA MULTIPLATFORMADAN FOYDALANISH METODIKASI MODELI. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 5 (11). pp. 256-265. ISSN 2181-1342

[thumbnail of 47 (1).pdf] Text
47 (1).pdf - Published Version

Download (1MB)

Abstract

Ushbu maqola Oʻzbekiston Respublikasining Taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida ilgari surilgan taʼlim sifatini oshirish va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash vazifalaridan kelib chiqqan holda, xususan, maktab oʻquvchilarining sogʻlom turmush tarzi (STT) koʻnikmalarini shakllantirishda zamonaviy multiplatformali metodika modelini ishlab chiqish va ilmiy asoslashga bagʻishlangan. Tadqiqotda modellashtirish pedagogik faoliyatning maqsadi va natijasini aks ettiruvchi asosiy vosita sifatida tahlil etiladi, shu bilan birga multiplatformali metodik tizimning pragmatik va tizimli-funksional nazariy asoslari tadqiq etiladi. Asosiy maqsad multiplatformadan foydalanish metodikasi modeli orqali oʻquvchilarning STTni samarali shakllantirish jarayonini boshqarishning maqsadga yoʻnaltirilganlik, nazariy-metodologik, mazmunli-jarayonli, tashkiliy va natijaviy kabi asosiy komponentlarini ochib berishdan iboratdir. Model tizimli-jarayonli, aksiologik, refleksiv va faoliyatga yoʻnaltirilgan yondashuvlar uygʻunligi asosida qurilib, u orqali 10-11-sinf oʻquvchilarida gnostik, axloqiy-irodaviy, kommunikativ va tashkiliy kabi muhim kompetensiyalar shakllantirilishi koʻrsatiladi. Tadqiqot natijalari multiplatformaning zamonaviy taʼlim muhitida STTni shakllantirishdagi ulkan salohiyatini ochib beradi va mazkur modelning amaliyotga joriy etilishi taʼlim jarayonining samaradorligini sezilarli darajada oshirishga xizmat qiladi.

Item Type: Article
Subjects: L Education > L Education (General)
Depositing User: Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz
Date Deposited: 04 Nov 2025 11:19
Last Modified: 04 Nov 2025 11:19
URI: https://ilmiykutubxona.uz/id/eprint/1687

Actions (login required)

View Item
View Item