Ismoilov, Ubaydulla (2025) SUYIRLITEPA YODGORLIGIDA OLIB BORILGAN ARXEOLOGIK TADQIQOTLAR VA TOPILGAN AYRIM TANGALAR TAHLILI. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 5 (10s). pp. 11-19. ISSN 2181-1342
1 (4).pdf - Published Version
Download (1MB)
Abstract
Ushbu maqolada Toshkent viloyati Ohangaron tumani Qorabuloq qishlogʻida joylashgan Suyurlitepa yodgorligining shakllanishi, rivojlanishi va tarixiy davrlashtirilishi arxeologik va numizmatik manbalar asosida tahlil qilinadi. Maydoni 80 gektarni tashkil etuvchi bu yodgorlik dastlab 1960-yilda Y. Buryakov tomonidan qayd etilgan. Keyingi yillarda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida Suyurlitepa shahar tipidagi yodgorlik boʻlib, uning tuzilishi ark (hokim qarorgohi), shahriston (shahar markazi), rabot (hunarmandlar va savdogarlar mahallasi) hamda ibodatxona (diniy markaz) qismlaridan iborat ekani aniqlandi. Qazishmalar davomida topilgan tangalar shahar hayoti milodiy III–V asrlarda boshlangan va XIII asr boshlarigacha uzluksiz davom etganini koʻrsatadi. Tangalar tahlili asosida Suyurlitepa Choch–Iloq oʻlkasining muhim siyosiy, iqtisodiy va diniy markazlaridan biri boʻlganligi, bu yerda Sugʻd, Somoniy va Qoraxoniy davrlariga oid pul muomalasi faol boʻlganligi aniqlanadi. Shuningdek, metall ishlov berish, savdo-sotiq yoʻllari va shahar infratuzilmasining shakllanish jarayonlari ham yoritilgan. Tadqiqot natijalari Suyurlitepaning Oʻrta Osiyodagi ilk oʻrta asr shaharsozlik madaniyatining rivojlanishida alohida oʻringa ega boʻlganini isbotlaydi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Subjects: | D History General and Old World > D History (General) |
| Depositing User: | Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz |
| Date Deposited: | 02 Dec 2025 11:44 |
| Last Modified: | 02 Dec 2025 11:44 |
| URI: | https://ilmiykutubxona.uz/id/eprint/1729 |
