Jumaniyazov, Nodirbek (2025) MINTAQA IQTISODIYOTINI BARQAROR RIVOJLANTIRISHDA SANOAT TARKIBIY OʻZGARISHLARIGA TAʼSIR ETUVCHI OMILLAR (XORAZM VILOYATI MISOLIDA). Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 5 (10s). pp. 143-151. ISSN 2181-1342

[thumbnail of 21 (2).pdf] Text
21 (2).pdf - Published Version

Download (1MB)

Abstract

Ushbu maqolada mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda sanoat tarkibiy oʻzgarishlariga taʼsir etuvchi omillar Xorazm viloyati misolida tahlil qilingan. Tadqiqotning dolzarbligi shundaki, iqtisodiy oʻsishning sifat koʻrsatkichlarini aniqlashda sanoat tarkibining oʻzgarishlari hal qiluvchi omil hisoblanadi. Xorazm viloyatining iqtisodiy salohiyati va soʻnggi yillarda kuzatilgan oʻsish surʼatlari shuni koʻrsatadiki, sanoat tarmoqlari oʻrtasidagi nisbatlar oʻzgarib bormoqda, lekin bu oʻzgarishlar barqarorlik jihatidan hali toʻliq shakllanmagan. Maqolada soʻnggi yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika agentligi va Xorazm viloyati statistika boshqarmasining maʼlumotlari asosida sanoat hajmining oʻsishi, korxonalar sonining koʻpayishi va tarmoqlar boʻyicha tarkibiy siljishlar chuqur tahlil qilindi. Shuningdek, investitsiyalar oqimi, infratuzilma rivoji, texnologik modernizatsiya, mehnat resurslari salohiyati, hududiy klasterlar va eksport yoʻnalishlari kabi omillar sanoat tarkibining sifat jihatdan oʻzgarishiga taʼsiri jihatidan baholandi. Tahlil natijalari shuni koʻrsatadiki, Xorazm viloyatida sanoat ishlab chiqarish hajmi yil sayin ortib bormoqda, biroq yuqori texnologiyali tarmoqlar ulushi past boʻlib qolmoqda. Mintaqaning tabiiy resurslari, xomashyo bazasi va mehnat salohiyatidan samarali foydalanish orqali tarkibiy diversifikatsiyani chuqurlashtirish zarur. Maqola yakunida mintaqa sanoatini barqaror rivojlantirish uchun strategik tavsiyalar - investitsion faollikni kuchaytirish, texnologik modernizatsiyani jadallashtirish, klaster tizimini rivojlantirish va eksportga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarishni kengaytirish kabi yoʻnalishlar ishlab chiqilgan.

Item Type: Article
Subjects: H Social Sciences > HB Economic Theory
Depositing User: Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz
Date Deposited: 05 Dec 2025 07:45
Last Modified: 05 Dec 2025 07:45
URI: https://ilmiykutubxona.uz/id/eprint/1755

Actions (login required)

View Item
View Item