Imomniyozov, Doniyorbek (2025) VIRTUAL MULKNING HUQUQIY REJIMI: SUI GENERIS YONDASHUV. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 5 (10s). pp. 378-392. ISSN 2181-1342
59 (2).pdf - Published Version
Download (1MB)
Abstract
Bugungi raqamli taraqqiyot sharoitida virtual mulk tushunchasi va uni huquqiy tartibga solish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Raqamlashtirish jarayonida iqtisodiyotda huquqiy tartibga toʼliq tushmaydigan, ammo aniq iqtisodiy qiymatga ega boʼlgan yangi mulk obyektlari paydo boʼlmoqda. Metaolam (Metaverse) deb ataluvchi keng qamrovli virtual makon esa ijtimoiy muloqot, biznes, koʼngilochar va taʼlim sohalarida yangi imkoniyatlar yaratishi barobarida, u doirasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishga doir qator muammolarni keltirib chiqarmoqda. Xususan, virtual mulk va foydalanuvchilarning ushbu mulkka doir huquqlarini himoya qilish borasida yagona yondashuv mavjud emasligi, koʼplab mamlakatlarda virtual mulkning oldi-sotdisi va oʼtkazilishi maxsus huquqiy meʼyorlar bilan tartibga solinmaganligi, sudlar esa oʼyin ishlab chiquvchisi va foydalanuvchi oʼrtasidagi nizolarni koʼrib chiqishda koʼpincha servis majburiyati yoki natural majburiyatlar nazariyasini qoʼllayotgani shular jumlasidan. Ushbu maqolada virtual mulk tushunchasi va uning iqtisodiy-texnik xususiyatlari, virtual obyektlarning fuqarolik-huquqiy tabiati hamda uni mulk huquqi triadasi doirasida talqin qilishdagi muammolar tahlil qilinadi. Shuningdek, virtual mulk va intellektual mulk oʼzaro chegaralanishi, virtual mulkni sui generis obyekt sifatida eʼtirof etish takliflari, metaolamda virtual obyektlarga egalik qilish va ularni meros qilib qoldirish masalalari koʼrib chiqiladi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Subjects: | K Law > K Law (General) |
| Depositing User: | Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz |
| Date Deposited: | 06 Dec 2025 16:22 |
| Last Modified: | 06 Dec 2025 16:22 |
| URI: | https://ilmiykutubxona.uz/id/eprint/1791 |
