Rasulova, Moxidil (2025) TIBBIYOT TAʼLIMI TIZIMIDA FUNDAMENTAL FANLARNI OʻZLASHTIRISHDA TALABALAR BILIMINI BAHOLASHNING ASOSIY SABABLARI VA DIDAKTIK IMKONIYATLARI. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 5 (10s). pp. 429-438. ISSN 2181-1342
66 (1).pdf - Published Version
Download (1MB)
Abstract
Mazkur maqolada tibbiyot taʼlimi tizimida fundamental fanlarni oʻqitish jarayonida talabalarning bilimini baholashning motivatsion va didaktik jihatlari yoritilgan. Muallif baholashni nafaqat oʻquv natijalarini aniqlash vositasi, balki oʻquv jarayonining muhim tarkibiy qismi sifatida talqin qiladi. Baholash orqali talabalarda oʻz-oʻzini nazorat qilish, refleksiya, tahliliy fikrlash va kasbiy masʼuliyatni shakllantirish imkoniyati kengayishi taʼkidlanadi.
Maqolada shuningdek, baholashning zamonaviy shakllari formativ baholash, OSPE (Objective Structured Practical Examination), portfolioga asoslangan yondashuv va oʻzaro baholash kabi metodlarning afzalliklari tahlil qilinadi. Ularning taʼlim samaradorligini oshirish, talabalarda ichki motivatsiyani kuchaytirish va shaffof oʻquv muhitini yaratishdagi oʻrni ilmiy asosda yoritilgan.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Subjects: | L Education > L Education (General) |
| Depositing User: | Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz |
| Date Deposited: | 06 Dec 2025 16:42 |
| Last Modified: | 06 Dec 2025 16:42 |
| URI: | https://ilmiykutubxona.uz/id/eprint/1798 |
