Shamshetova, Biybiayim (2025) LINGVISTIKA VA MADANIYATSHUNOSLIKDA ANTROPOSENTRIZM KONSEPSIYASI. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 5 (12). pp. 295-302. ISSN 2181-1342
52 (2).pdf - Published Version
Download (1MB)
Abstract
Maqolada antroposentrizm konsepsiyasining falsafiy ildizlari va uning tilshunoslik hamda madaniyatshunoslikdagi talqini tahlil qilinadi. Antroposentrizm insonni olam markazi va barcha tadqiqotlarning asosiy mezoni sifatida qaraydigan yondashuv ekanligi asoslanib, bu konsepsiyaning gumanitar fanlarga, xususan, tilshunoslikka kirib kelish bosqichlari koʻrsatib beriladi. Zamonaviy lingvistika doirasida qiyosiy-tarixiy, tizimli-struktural va antropotsentrik paradigmalarning oʻzaro munosabati yoritilib, tilni “insondagi til va tildagi inson” nuqtai nazaridan oʻrganish zarurati taʼkidlanadi. Shuningdek, kognitiv tilshunoslik, lingvokulturologiya, psixolingvistika, sotsiolingvistika va til antropologiyasi kabi yoʻnalishlar antroposentrik paradigma bilan uzviy bogʻliq ekani koʻrsatiladi. Maqolada inson omilining markaziyligi, funksional-pragmatik yondashuv, semantik va kognitiv sentrizm, interdisiplinarlik hamda matn va nutq markazligi antroposentrik yondashuvning asosiy prinsiplari sifatida tahlil qilinib, tilni tafakkur va madaniyat bilan birligida izohlashga xizmat qiluvchi metodologik asoslar yoritiladi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Subjects: | P Language and Literature > P Philology. Linguistics |
| Depositing User: | Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz |
| Date Deposited: | 18 Dec 2025 13:44 |
| Last Modified: | 18 Dec 2025 13:44 |
| URI: | https://ilmiykutubxona.uz/id/eprint/1850 |
