Musayev, Akmalbek (2025) INGLIZ VA OʻZBEK DIPLOMATIK DISKURSIDA LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLAR VA TERMINOLOGIK TIZIMNING TALQINI. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 5 (12). pp. 324-329. ISSN 2181-1342

[thumbnail of 58 (2).pdf] Text
58 (2).pdf - Published Version

Download (1MB)

Abstract

Ushbu maqolada ingliz va oʻzbek diplomatik diskursining leksik-semantik xususiyatlari hamda undagi terminologik tizimning shakllanish tamoyillari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Diplomatik nutq oʻziga xos institutsional janr boʻlib, undagi til birliklari siyosiy neytrallik, rasmiy muloqot madaniyati, murosaga chaqiruv va kommunikativ xavfsizlikni taʼminlashga xizmat qiladi. Tadqiqotda 2-bob materiali asosida diplomatizmga xos terminlarning semantik maydon strukturasi, ularning paradigmatik va sintagmatik munosabatlari, sinonimiya-antonimiya tizimi, xalqaro terminlarning milliy diskursga moslashuvi va tarjima jarayonida yuzaga keladigan semantik nomuvofiqliklar tahlil etiladi. Ingliz tilidagi agreement, accord, treaty, memorandum kabi terminlarning huquqiy kuch darajasi va ularning oʻzbek tilidagi kelishuv, bitim, shartnoma, memorandum kabi muqobillari orasidagi semantik tafovutlar misollar asosida yoritiladi. Shuningdek, oʻzbek diplomatik tilida yumshatuvchi leksik vositalar, eʼtibor qaratishning bilvosita usullari va madaniy jihatdan motivatsiyalashgan diplomatik etiketning lingvopragmatik taʼsiri ochib beriladi. Tadqiqot natijalari ikki til diplomatik diskursidagi leksik-semantik tafovutlarning xalqaro aloqalar, diplomatik tarjima va madaniyatlararo muloqot samaradorligiga taʼsirini koʻrsatadi.

Item Type: Article
Subjects: P Language and Literature > P Philology. Linguistics
Depositing User: Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz
Date Deposited: 18 Dec 2025 13:55
Last Modified: 18 Dec 2025 13:55
URI: https://ilmiykutubxona.uz/id/eprint/1856

Actions (login required)

View Item
View Item