Numonova, Mashxuraxon (2025) INGLIZ VA OʻZBEK TILLARIDA “SUV/WATER” KONSEPTINING LISONIY MODELLASHUVI: NOMINATIV VA KOMMUNIKATIV MAYDONLARNING QIYOSIY TADQIQI. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 5 (12). pp. 334-342. ISSN 2181-1342
60 (2).pdf - Published Version
Download (1MB)
Abstract
Maqolada ingliz va oʻzbek tillarida “suv/water” konseptining lisoniy modellashuvi nominativ va kommunikativ maydonlar kesimida qiyosiy tahlil qilinadi. Kognitiv lingvistika va lingvokulturologiya doirasida suv konsepti universal hayot manbai sifatida ham, milliy madaniy kodlarni mujassam etuvchi ramziy birlik sifatida ham izohlanadi. Tadqiqot materiali sifatida izohli lugʻatlar, badiiy matnlar, xalq ogʻzaki ijodi namunalari, frazeologik va paremiologik birliklar, shuningdek, metaforik ifodalar korpusi jalb etilgan. Nominativ maydon tahlili suv/water konseptini ifodalovchi ot, feʼl, sifat va frazeologik birliklarning markaziy va periferik qatlamlarini aniqlashga imkon beradi. Kommunikativ maydon doirasida esa suvga oid sintaktik konstruksiyalar, stilistik obrazlar, maqol-matal va paralingvistik vositalar diskursiv funksiyasi yoritiladi. Muallif ingliz va oʻzbek tillarida suv konseptining lisoniy manzarasi umumiy universal xususiyatlar bilan birga, milliy dunyoqarash, diniy-anʼanaviy tajriba va madaniy xotira taʼsirida farqlanishini koʻrsatadi. Tadqiqot natijalari madaniyatlararo kommunikatsiya, tarjimashunoslik va til oʻqitish metodikasida konseptual yondashuvni keng qoʻllash uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Subjects: | P Language and Literature > P Philology. Linguistics |
| Depositing User: | Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz |
| Date Deposited: | 18 Dec 2025 13:59 |
| Last Modified: | 18 Dec 2025 13:59 |
| URI: | https://ilmiykutubxona.uz/id/eprint/1858 |
