Tursunova, Javhar (2025) OʻZBEK TILINI LINGVOKULTUROLOGIK YONDASHUV ASOSIDA OʻQITISH. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 5 (12). pp. 346-350. ISSN 2181-1342
62 (2).pdf - Published Version
Download (1MB)
Abstract
Bugungi kunda taʼlim rus tilida olib boriladigan maktablarda oʻzbek tili darslarining yanada qiziqarli va oʻquvchilardagi bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish uchun til va madaniyatning oʻzaro uygʻun tarzda oʻtilishiga alohida eʼtibor qaratilishi juda ham muhim usul hisoblanadi. Bu jarayonda oʻquvchi nazariy bilimlarni egallash bilan birga amaliyotda ham tilni qoʻllash, tasavvur hosil qilish kabi imkoniyatlarga ega boʻladi. Shuningdek, bunday taʼlim muhitida oʻquvchining nafaqat nutqiy kompetensiyasi, balki uning mantiqiy fikrlash, tahlil qilish, qiyoslash qobiliyati va madaniyatlararo muloqot koʻnikmalari ortadi. Chunki oʻzbek tilidagi mavjud milliy oʻziga xos soʻzlar va tushunchalar oʻquvchini konseptual fikrlashga undaydi. Natijada oʻquvchi tilning asl mohiyatini tushunishni va madaniyatlararo kommunikatsiya jarayonidagi oʻzida mavjud boʻlgan boʻshliqlarni toʻldiradi. Shuning uchun ham til taʼlimida lingvokulturologik yondashuvning muhim ekanligini ushbu maqolada yetarlicha isbotlashga harakat qildik.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Subjects: | P Language and Literature > P Philology. Linguistics |
| Depositing User: | Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz |
| Date Deposited: | 18 Dec 2025 14:05 |
| Last Modified: | 18 Dec 2025 14:05 |
| URI: | https://ilmiykutubxona.uz/id/eprint/1860 |
