Mukhammadiyev, Nematjon and Mukhammadrasulov, Xasanjon and Гарибян, Ирина and Улугмуратов, Журабек (2025) DISPERS ARMATURALANGAN BETONLARDA QO‘LLANILADIGAN TOLALAR: TURLARI, XUSUSIYATLARI VA PVA TOLALARNING ISTIQBOLLARI. Techscience.uz - Texnika fanlarining dolzarb masalalari, 3 (12). pp. 188-198. ISSN 3030-3702

[thumbnail of 22.+Mukhammadiyev+Nematjon,+Mukhammadrasulov+Xasanjon.pdf] Text
22.+Mukhammadiyev+Nematjon,+Mukhammadrasulov+Xasanjon.pdf - Published Version

Download (976kB)

Abstract

Zamonaviy qurilish amaliyotida sement betoni yuqori siqilish mustahkamligiga ega bo‘lishiga qaramay, uning cho‘zilishdagi past mustahkamligi va mo‘rt xatti-harakati konstruksiyalarda yoriqlanish muammolarini keltirib chiqaradi. Ushbu kamchiliklarni bartaraf etishning samarali usullaridan biri betonni dispers armaturalash hisoblanadi. Mazkur maqolada dispers armaturalangan betonlarda qo‘llaniladigan asosiy tolalar —po‘lat, shisha, polipropilen va bazalt tolalarning fizik-mexanik xususiyatlari, afzalliklari va cheklovlari ilmiy adabiyotlar asosida tizimli tahlil qilinadi.Maqolada polivinil spirt (PVA) tolalariga alohida e’tibor qaratilib, ularning kimyoviy kelib chiqishi, gidroliz darajasi, sementli matritsa bilan o‘zaro ta’sir mexanizmlari va yoriqlarni ko‘priklash xususiyatlari yoritiladi. Victor C. Li tomonidan ishlab chiqilgan mikromexanik yondashuv asosida PVA tolalarining yuqori deformatsiyalanish qobiliyatiga ega muhandislik sementli kompozitlar (ECC) yaratishdagi roli asoslab beriladi.Shuningdek, PVA tolalarining boshqa tolalarga nisbatan ustunliklari taqqoshlovchi tahlil asosida ko‘rsatilib, O‘zbekistonning iqlim va ekspluatatsion sharoitlarida PVA tolali dispers armaturalangan betonlardan transport, gidrotexnika va sanoat qurilishida foydalanish istiqbollari muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalari PVA tolalarining yuqori samarali va uzoq xizmat muddatiga ega beton kompozitlarini ishlab chiqishda istiqbolli armaturalovchi komponent ekanligini ko‘rsatadi.

Item Type: Article
Subjects: T Technology > T Technology (General)
Depositing User: Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz
Date Deposited: 29 Dec 2025 16:21
Last Modified: 29 Dec 2025 16:21
URI: https://ilmiykutubxona.uz/id/eprint/1918

Actions (login required)

View Item
View Item