Istamova-Fayzullaeva, Dilafruz (2025) SOMATIK HUQUQLARNING NAZARIY TALQINI: GERMANIYA VA OʻZBEKISTON TAJRIBASI ASOSIDA QIYOSIY HUQUQIY TAHLIL. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 5 (11s). pp. 352-359. ISSN 2181-1342
50 (3).pdf - Published Version
Download (1MB)
Abstract
Ushbu maqolada somatik huquqlar tushunchasining nazariy talqini hamda Germaniya va Oʻzbekiston huquq tizimlaridagi qiyosiy tahlili yoritiladi. Somatik huquqlarning kelib chiqishi, falsafiy asoslari va taʼriflari tahlil qilinadi. Xususan, insonning tanasi daxlsizligi va tanasi ustidan oʻz xohishiga koʻra qarorlar qabul qilish huquqi nazariy jihatdan Jon Rouls, Ronald Dvorkin kabi xorijiy olimlar hamda hamda oʻzbek huquqshunos olimlarning qarashlari orqali yoritiladi. Germaniya Federativ Respublikasi Konstitutsiyasida somatik huquqlarning muhofazasi, jumladan hayot va tana daxlsizligi huquqi va sud amaliyoti, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunchiligida somatik huquqlarning nazariy asoslari koʻrib chiqiladi. Maqolada Germaniya va Oʻzbekiston tajribasi qiyoslanib, somatik huquqlar konsepsiyasining har ikki yurisdiksiyadagi oʻxshash va farqli jihatlari aniqlanadi. Xulosa oʻlaroq, somatik huquqlarni samarali huquqiy muhofaza qilish uchun inson qadri, tanasi daxlsizligi va bioetika tamoyillarini eʼtiborga olgan holda kompleks nazariy yondashuv zarurligi taʼkidlanadi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Subjects: | K Law > K Law (General) |
| Depositing User: | Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz |
| Date Deposited: | 07 Jan 2026 10:31 |
| Last Modified: | 07 Jan 2026 10:31 |
| URI: | https://ilmiykutubxona.uz/id/eprint/1972 |
