Javliyeva, Gullola (2025) IJARA MEHNATI — NOTIPIK MEHNAT MUNOSABATLARINING SHAKLI SIFATIDA. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 5 (11s). pp. 419-425. ISSN 2181-1342

[thumbnail of 60 (3).pdf] Text
60 (3).pdf - Published Version

Download (1MB)

Abstract

Mazkur maqola zamonaviy mehnat munosabatlari transformatsiyasi sharoitida shakllanib borayotgan notipik mehnat munosabatlaridan biri — ijara mehnatining (autstaffing, vaqtinchalik agentlik mehnati, autsorsing) huquqiy mohiyatini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda ijara mehnati tushunchasi, uning asosiy shakllari va uch tomonlama mehnat munosabatlari doirasidagi o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Ijara mehnati munosabatlarining kompleks huquqiy tabiatga egaligi, ya’ni fuqarolik-huquqiy va mehnat-huquqiy elementlarning o‘zaro uyg‘unligi asoslab berilgan.

Shuningdek, ijara mehnatini tartibga solish bo‘yicha Xalqaro Mehnat Tashkiloti hujjatlari va Yevropa Ittifoqi mehnat huquqi normalari bilan qiyosiy-huquqiy tahlil o‘tkazilib, milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga moslashtirish zarurati asoslab berilgan. Tadqiqot xulosalarida ijara mehnatini huquqiy jihatdan takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar ilgari surilgan.

Item Type: Article
Subjects: K Law > K Law (General)
Depositing User: Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz
Date Deposited: 07 Jan 2026 11:09
Last Modified: 07 Jan 2026 11:09
URI: https://ilmiykutubxona.uz/id/eprint/1982

Actions (login required)

View Item
View Item