Egamberdiyev, Vohidjon (2025) JAZONI IJRO ETISH MUASSASASIDAN OZOD ETILGAN SHAXSLARNI IJTIMOIY REABILITATSIYA QILISH VA MOSLASHTIRISH TUSHUNCHASI HAMDA IJTIMOIY ZARURATI. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 6 (1). pp. 123-132. ISSN 2181-1342
14 (5).pdf - Published Version
Download (1MB)
Abstract
Ushbu maqolada jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va jamiyatga moslashtirish tushunchasining nazariy-huquqiy mohiyati ochib berilgan. Ijtimoiy reabilitatsiya va ijtimoiy moslashtirish kategoriyalarining mazmuni, oʻzaro bogʻliqligi hamda ularning jazoni oʻtab boʻlgan shaxslarni jamiyatga qayta integratsiya qilishdagi oʻrni ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, ozod etilgan shaxslarning ijtimoiy moslashuvida uchraydigan asosiy muammolar — ish bilan taʼminlanish, ijtimoiy muhitga kirishish, huquqiy va psixologik qoʻllab-quvvatlash masalalari yoritilgan. Maqolada ijtimoiy reabilitatsiyaning ijtimoiy zarurati jamoat xavfsizligini taʼminlash, takroriy jinoyatchilikning oldini olish hamda inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish nuqtai nazaridan asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari jazoni ijro etish tizimida ozod etilgan shaxslar bilan ishlashni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy va amaliy takliflar ishlab chiqish uchun nazariy asos boʻlib xizmat qiladi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Subjects: | K Law > K Law (General) |
| Depositing User: | Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz |
| Date Deposited: | 23 Jan 2026 16:57 |
| Last Modified: | 23 Jan 2026 16:57 |
| URI: | https://ilmiykutubxona.uz/id/eprint/2004 |
