Tollibayeva, Malika (2026) ADVOKATNING IQTISODIY VA FUQAROLIK PROTSESSIDAGI ISHTIROKI: XORIJIY VA MILLIY QONUNCHILIK TAHLILI. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 6 (1). pp. 190-197. ISSN 2181-1342
24 (6).pdf - Published Version
Download (1MB)
Abstract
Ushbu maqolada advokatning iqtisodiy va fuqarolik protsessidagi ishtiroki masalasi xorijiy davlatlar tajribasi hamda Oʻzbekiston Respublikasining milliy qonunchiligi asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda advokatning protsessual maqomi, huquq va majburiyatlari, shuningdek taraflarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi roli keng yoritiladi. Xususan, rivojlangan xorijiy mamlakatlarda advokat ishtirokining majburiyligi, uning sud jarayonidagi mustaqilligi va professional standartlari tahlil qilinib, milliy qonunchilikdagi mavjud normalar bilan qiyosiy oʻrganiladi. Maqolada iqtisodiy va fuqarolik sud ishlarini yuritishda advokat ishtiroki sud qarorlarining qonuniyligi va adolatliligini taʼminlashda muhim omil ekanligi ilmiy asoslanadi. Shuningdek, amaldagi qonunchilikda uchrayotgan ayrim muammolar, jumladan, advokat vakolatlarining cheklanganligi yoki protsessual kafolatlarning yetarli emasligi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari asosida milliy qonunchilikni takomillashtirish, advokatning protsessual imkoniyatlarini kengaytirish va sud himoyasining samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va xulosalar ilgari suriladi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Subjects: | K Law > K Law (General) |
| Depositing User: | Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz |
| Date Deposited: | 23 Jan 2026 17:20 |
| Last Modified: | 23 Jan 2026 17:20 |
| URI: | https://ilmiykutubxona.uz/id/eprint/2014 |
