Qarshiyev, Ahmad and Jumayev, Abdimo‘min and Bebitov, Maqsud (2025) DENOV BEKLIGIDA MAVJUD JOY NOMLARIGA OID MULOHAZALAR. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 5 (1s). pp. 48-55. ISSN 2181-1342

[thumbnail of 6 (2).pdf] Text
6 (2).pdf - Published Version

Download (1MB)

Abstract

Maqola Denov bekligi (Denov tumani) va uning atrofidagi joy nomlari (toponimlar)ning tarixiy, madaniy, ijtimoiy va iqtisodiy hayotni aks ettiruvchi izlarini oʻrganishga bagʻishlangan. Toponimika – bu joy nomlarini oʻrganuvchi fan boʻlib, u tarix, etnografiya, geografiya va tilshunoslik kabi sohalar bilan chambarchas bogʻliq. Denov bekligi toponimlari qadimiy tarixga ega boʻlib, turli davrlarda yashagan xalqlarning madaniy qatlamlarini aks ettiradi. Tadqiqotda tarixiy-geografik va lingvistik usullar qoʻllanilib, joy nomlarining semantik maʼnolari, etimologiyasi va ularning xalq hayotidagi ahamiyati tahlil qilingan.

Maqolada Denov bekligidagi qishloq va mahallalar nomlarining kelib chiqishi, ularning tarixiy ildizlari va mahalliy aholi orasida saqlanib qolgan rivoyatlar keltirilgan. Shuningdek, toponimlarning etimologiyasi va ularga bogʻliq tarixiy voqealar yoritilgan.

Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, Denov bekligi toponimlari nafaqat mintaqaning geografik va etnografik xususiyatlarini, balki mahalliy aholining milliy madaniyati, urugʻ-qabila tuzilishi va tarixiy jarayonlarini oʻrganishda muhim manba hisoblanadi. Bu tadqiqotlar toponimika sohasidagi ilmiy bilimlarni boyitish, shuningdek, mintaqaning turizm va madaniy merosini targʻib qilishda katta ahamiyatga ega.

Item Type: Article
Subjects: D History General and Old World > D History (General)
Depositing User: Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz
Date Deposited: 17 Jul 2025 08:38
Last Modified: 17 Jul 2025 08:38
URI: https://ilmiykutubxona.uz/id/eprint/342

Actions (login required)

View Item
View Item