Turdaliyeva, Shahnoza (2025) INGLIZ VA OʻZBEK TILLARIDAGI SON-GIBRID MAQOLLARNING LEKSIK-SEMANTIK TAHLILI. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 5 (1s). pp. 227-236. ISSN 2181-1342

[thumbnail of 33 (1).pdf] Text
33 (1).pdf - Published Version

Download (1MB)

Abstract

Mazkur maqola ingliz va oʻzbek tillarida sonlarni oʻz ichiga olgan maqollarni (son gibrid maqollar) lingvistik va semantik jihatdan qiyosiy oʻrganishga qaratilgan. Tadqiqotda har ikki tilda sonlarning maqollarda qanday rol oʻynashi, ularning madaniy mazmuni va ramziy maʼnolari tahlil qilindi. Maqollar tarkibidagi sonlar xalqning tarixiy-madaniy tajribasini aks ettirib, ular orqali turli ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar ifodalanadi. Ingliz tilida sonlar koʻpincha pragmatik va amaliy tavsiyalarni ifodalaydi, masalan, “Two heads are better than one” –jamoaviy ishning samaradorligini anglatadi, “A stitch in time saves nine” esa vaqtni boshqarishning muhimligini bildiradi. Oʻzbek tilidagi maqollarda esa sonlar koʻproq axloqiy pand-nasihatlar va ramziy maʼnolarni ifodalaydi, masalan, “Yetti oʻlchab, bir kes” ehtiyotkorlikni, “Bir kunlik hayot –ming kunlik orzu” vaqtning qadrini anglatadi. Tahlil natijalari shuni koʻrsatadiki, oʻzbek tilida sonlar koʻproq ramziy va xalq madaniyati bilan bogʻliq maʼnolarni ifodalaydi, ingliz tilida esa ular hayotiy xulosalarga va amaliy foydalanishga yoʻnaltirilgan. Har ikkala tilda ham sonlar universal semantik xususiyatlarni namoyon etsa-da, ular xalqning madaniy va ijtimoiy xususiyatlarini ham ochib beradi. Ushbu tadqiqot kelgusida son gibrid birliklarining boshqa tillar bilan qiyosiy tahlilini oʻtkazish uchun nazariy asos yaratadi.

Item Type: Article
Subjects: P Language and Literature > P Philology. Linguistics
Depositing User: Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz
Date Deposited: 19 Jul 2025 18:43
Last Modified: 19 Jul 2025 18:43
URI: https://ilmiykutubxona.uz/id/eprint/381

Actions (login required)

View Item
View Item