Hamdamova, Nozima (2025) BOʻLAJAK TEXNOLOGIYA FANI OʻQITUVCHISI KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 5 (1s). pp. 467-475. ISSN 2181-1342

[thumbnail of 72.pdf] Text
72.pdf - Published Version

Download (1MB)

Abstract

Zamonaviy taʼlim tizimi davomiy oʻzgarishlar va texnologik taraqqiyotlar bilan yuzlashmoqda. Shu bilan birga, taʼlim jarayonining samaradorligini oshirish uchun oʻqituvchilarning kompetensiyalarini doimiy ravishda rivojlantirish zarurati yuzaga kelmoqda. Texnologiya fani oʻqituvchilarining kasbiy malakalari va pedagogik koʻnikmalarini rivojlantirish, taʼlim jarayonining sifatini oshirish uchun eng muhim omillardan biridir. Bugungi kunda texnologiya fanining oʻqituvchilari nafaqat anʼanaviy pedagogik metodlarni, balki zamonaviy raqamli texnologiyalarni ham oʻzlashtirishi kerak. Shunday qilib, boʻlajak texnologiya fani oʻqituvchilari uchun nafaqat metodik bilimlar, balki innovatsion pedagogik usullarni qoʻllay olish qobiliyati, shuningdek, raqamli va texnologik vositalardan samarali foydalanish kabi kompetensiyalarni rivojlantirish zarur. Maqolada boʻlajak texnologiya fani oʻqituvchisi kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlar tahlil qilinadi. Kelajakdagi texnologiya fani oʻqituvchisiningkompetensiyalarini rivojlantirishning turli jihatlari, jumladan innovatsion pedagogik yondashuvlar, malaka oshirish tizimlari, texnologik vositalardan samarali foydalanish hamda tajriba almashishning ahamiyati keng yoritiladi.Bu jarayonlarning oʻzaro bogʻliqligi va samaradorligi oʻqituvchilarni kasbiy rivojlanishda yangi yuksakliklarga olib chiqish imkonini yaratadi.

Item Type: Article
Subjects: P Language and Literature > P Philology. Linguistics
Depositing User: Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz
Date Deposited: 20 Jul 2025 11:31
Last Modified: 20 Jul 2025 11:31
URI: https://ilmiykutubxona.uz/id/eprint/421

Actions (login required)

View Item
View Item