Abdullayev, Yashnarjon (2025) “JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI” FANIDAN NAZARIY MASHGʼULOTLARNI OʼTKAZISH METODIKASI. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 5 (4). pp. 464-470. ISSN 2181-1342
![69.pdf [thumbnail of 69.pdf]](https://ilmiykutubxona.uz/style/images/fileicons/text.png)
69.pdf - Published Version
Download (1MB)
Abstract
Zamonaviy oliy taʼlim sharoitida nazariy fanlarni, jumladan, “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” fanini oʻqitish metodikasini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu tadqiqot oliy taʼlim muassasasida “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” fanidan nazariy mashgʻulotlarni oʻtkazishning turli usullarining samaradorligini oʻrganishga bagʻishlangan. Ishning maqsadi — anʼanaviy va Interfaol oʻqitish usullari qoʻllanilganda talabalar tomonidan maʼruza materialining oʻzlashtirish darajasini baholashdir.
Tadqiqotda 117 nafar talaba ishtirok etdi va ular ikki guruhga boʻlindi: biri anʼanaviy usulda, ikkinchisi esa Interfaol metodlar (guruhli muhokamalar, multimedia texnologiyalari, keys-metodlar) yordamida taʼlim oldi. Yakuniy test natijalariga koʻra, Interfaol usullar asosida tahsil olgan talabalarining oʻrtacha bali anʼanaviy maʼruzalar tinglagan talabalar natijalaridan 19,6% yuqori ekanligi aniqlandi. Shuningdek, Interfaol yondashuvlar qoʻllanganda talabalar faolligi va darsga jalb qilinishi yuqori darajada ekanligi kuzatildi. Olingan natijalar jismoniy tarbiya boʻyicha nazariy mashgʻulotlarni oʻqitish metodikasini qayta koʻrib chiqish zaruratini isbotlaydi. Interfaol taʼlim shakllaridan foydalanish talabalar akademik natijalari, darsga qiziqish darajasi va ularning kasbiy tayyorgarligini oshirishga xizmat qiladi.
Item Type: | Article |
---|---|
Subjects: | P Language and Literature > P Philology. Linguistics |
Depositing User: | Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz |
Date Deposited: | 29 Jul 2025 09:01 |
Last Modified: | 29 Jul 2025 09:01 |
URI: | https://ilmiykutubxona.uz/id/eprint/593 |