Namozova, Dilorom (2025) MUSIQA TAʼLIMIDA TALABALARDA IJODIY QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK MOHIYATI. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 5 (5s). pp. 253-261. ISSN 2181-1342

[thumbnail of 42 (1).pdf] Text
42 (1).pdf - Published Version

Download (1MB)

Abstract

Bugungi kunda musiqa oʻqituvchilarining kreativ kompetentligini rivojlantirish, ularning kasbiy mahorati va ijodiy koʻnikmalarini shakllantirish juda dolzarbdir. Zamonaviy taʼlimda oʻquv metodlari va vositalarini takomillashtirish, yangi pedagogik kommunikatsiya usullarini joriy etish zarurati ortmoqda. Kreativlik – bu yangi gʻoyalarni yaratish, anʼanaviy fikrlashdan chiqib, original qarorlar qabul qilish qobiliyatidir. Pedagogik faoliyatda kompetent yondashuv asosida oʻqituvchilarni tayyorlash, ularning kreativ salohiyatini rivojlantirish muhim hisoblanadi. Bu jarayonda musiqa taʼlimida milliy madaniyatni targʻib qilish, zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash va individual yondashuv muhim oʻrin tutadi. Prezident qarorlarida belgilangan vazifalarga muvofiq, musiqa taʼlimi sifatini oshirish va talabalarning musiqa bilan bogʻliq koʻnikmalarini kengaytirish uchun qoʻshimcha choralar koʻrilmoqda.

Shunday qilib, kreativ kompetentlikni rivojlantirish nafaqat kasbiy kamolot, balki jamiyatning madaniy-maʼrifiy taraqqiyotiga hissa qoʻshuvchi muhim omildir. Bu jarayonda oʻqituvchilar oʻz bilimlarini muntazam yangilab borishi, innovatsion metodlarni qoʻllashi va talabalarga individual yondashuvi orqali ularning ijodiy salohiyatini oshirishlari zarur.

Item Type: Article
Subjects: P Language and Literature > P Philology. Linguistics
Depositing User: Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz
Date Deposited: 04 Aug 2025 18:45
Last Modified: 04 Aug 2025 18:45
URI: https://ilmiykutubxona.uz/id/eprint/733

Actions (login required)

View Item
View Item