Xaydarova, Muhtasar (2025) SINOV LABORATORIYALARIDA QURILMALARNI BOSHQARISHDA TAKOMILLASHTIRILGAN SIFATNI BOSHQARISH TIZIMINI ISHLAB CHIQISH VA JORIY QILISH. Techscience.uz - Texnika fanlarining dolzarb masalalari, 3 (4). pp. 17-21. ISSN 3030-3702
![3.+Xaydarova+Muhtasar.pdf [thumbnail of 3.+Xaydarova+Muhtasar.pdf]](https://ilmiykutubxona.uz/style/images/fileicons/text.png)
3.+Xaydarova+Muhtasar.pdf - Published Version
Download (845kB)
Abstract
Mazkur maqolada sinov laboratoriyalarida qurilmalarni boshqarish jarayonlarida takomillashtirilgan sifat menejmenti tizimini ishlab chiqish, joriy qilish va uning texnik-iqtisodiy samaradorligini baholash yoritilgan. Tadqiqotda ISO/IEC 17025:2017 xalqaro standartiga muvofiq tizimli yondashuv asosida laboratoriya jarayonlarini standartlashtirish va avtomatlashtirishga qaratilgan sifat boshqaruv modeli ishlab chiqildi. Bunda laboratoriyadagi mavjud oʻlchov vositalari, kalibrlash usullari, xavflarni aniqlash va boshqarish algoritmlari chuqur tahlil qilindi.Tadqiqot natijalarida qurilmalarning ish faoliyatini monitoring qilish, oʻlchash noaniqliklarini kamaytirish vaxavfsiz laboratoriya muhitini yaratishga xizmat qiluvchi metodologiyalar ishlab chiqildi. Taklif etilgan model sinov jarayonlarining aniqligi, takrorlanuvchanligi va ishonchliligini oshirishga xizmat qiladi hamda xalqaro akkreditatsiyaga tayyorlik darajasini sezilarli darajada yaxshilaydi.Tadqiqotda metrologik taʼminot, axborot texnologiyalari asosida qurilma monitoringi, xavflarni baholash (FMEA) hamda SCADA tizimlariga asoslangan nazorat modullari kabi zamonaviy usullar qoʻllanildi. Shuningdek, ishlab chiqilgan tizimning samaradorligi MATLAB/Python platformasida modellashtirilib, real laboratoriya muhitida sinovdan oʻtkazildi.Maqolada ilgari surilgan takomillashtirilgan sifat menejmenti yondashuvi laboratoriyalarni raqamlashtirish, inson omilini kamaytirish, texnik xizmat muddatini uzaytirish va resurslardan samarali foydalanish imkonini beradi. Tadqiqot natijalari sinov laboratoriyalari faoliyatining barcha bosqichlarini optimallashtirishga, xalqaro standartlarga muvofiqlikni taʼminlashga hamda texnik-iqtisodiy samaradorlikni oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy asos sifatida xizmat qiladi.
Item Type: | Article |
---|---|
Subjects: | Q Science > Q Science (General) |
Depositing User: | Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz |
Date Deposited: | 11 Aug 2025 09:35 |
Last Modified: | 11 Aug 2025 09:35 |
URI: | https://ilmiykutubxona.uz/id/eprint/777 |