Roʻzumbetova, Safura and Umarova, Zamira (2025) PODAGRIK NEFROPATIYADA BUYRAKLARNING SHIKASTLANISH MEXANIZMI. “Yangi davr ilm-fani: inson uchun innovatsion gʻoya va yechimlar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi, 1 (1). pp. 122-127.

[thumbnail of Roʻzumbetova-Safura-va-boshqalar.pdf] Text
Roʻzumbetova-Safura-va-boshqalar.pdf - Published Version

Download (487kB)

Abstract

Podagra — purin almashinuvi buzilishi natijasida yuzaga keladigan surunkali metabolik kasallik boʻlib, uning asosiy xususiyati natriy monourat (NMU) kristallarining boʻgʻimlar, tofuslar, ichki organlar, ayniqsa buyrak toʻqimalarida toʻplanishidir. Ushbu kristallar organizmda yalligʻlanish jarayonlarini boshlovchi asosiy omil sifatida ishtirok etadi. Podagrik nefropatiya esa podagra bilan bogʻliq turli xil buyrak shikastlanishlarini ifodalaydi. Bu kasallik nafaqat kristallarning toʻplanishi, balki purin almashinuvi buzilishi, metabolik sindrom, gipertoniya va qon tomir patologiyalari bilan ham bevosita bogʻliq. Natriy monourat kristallarining yalligʻlanish taʼsiri interleykin-1α (IL-1α), interleykin-6 (IL-6), siklooksigenaza-2 (COX-2), kinazalar (Syk, p38 MAPK) va inflammasomalar orqali rivojlanadi. Bu jarayonlar podagrik nefropatiyaning rivojlanishida asosiy omil boʻlib, buyrak toʻqimalariga jiddiy zarar yetkazadi. Ushbu maqolada podagrik nefropatiyaning molekulyar asoslari, uning patogen mexanizmlari va buyraklarga taʼsiri haqida mavjud adabiyotlar tahlil qilingan.

Item Type: Article
Subjects: R Medicine > R Medicine (General)
Depositing User: Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz
Date Deposited: 14 Aug 2025 09:56
Last Modified: 14 Aug 2025 09:56
URI: https://ilmiykutubxona.uz/id/eprint/873

Actions (login required)

View Item
View Item