Absalomova, Feruza (2025) KOREYS TILI OʻRGATISHDA OʻQUVCHI MOTIVATSIYASIGA TAʼSIR ETUVCHI OMILLAR: IJTIMOIY-PSIXOLOGIK VA MADANIY KONTEKST. “Yangi davr ilm-fani: inson uchun innovatsion gʻoya va yechimlar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi, 1 (5). pp. 64-68. ISSN 978-9910-09-214-5

[thumbnail of 14.-Absalomova-Feruza.pdf] Text
14.-Absalomova-Feruza.pdf - Published Version

Download (896kB)

Abstract

Mazkur maqolada koreys tilini oʻrganishda oʻquvchi motivatsiyasiga taʼsir etuvchi ijtimoiy, psixologik va madaniy omillar har tomonlama tahlil qilinadi. Global tendensiyalar, xususan, Janubiy Koreya Respublikasining iqtisodiy va madaniy nufuzi ortib borayotgani fonida koreys tiliga boʻlgan qiziqish sezilarli darajada oshgan. Tadqiqot doirasida til oʻrganishda integrativ va instrumental motivatsiya modellariga asoslangan yondashuvlar, Vygotskiy, Gardner, Dörnyei, Bandura, Kramsch va Byram kabi olimlarning nazariy qarashlari orqali oʻquvchi motivatsiyasining shakllanishi va barqarorligi izohlangan. Shuningdek, madaniy komponentning til oʻrgatishdagi oʻrni, stereotiplarni yengishning metodik yoʻllari, interaktiv hamda psixodidaktik yondashuvlarning samaradorligi asoslab berilgan. Maqolada zamonaviy texnologiyalar va virtual madaniy muhitlar vositasida koreys tilini muvaffaqiyatli va barqaror oʻrgatish uchun kompleks yondashuv zarurligi asoslangan.

Item Type: Article
Subjects: P Language and Literature > P Philology. Linguistics
Depositing User: Unnamed user with email info@ilmiykutubxona.uz
Date Deposited: 15 Aug 2025 17:49
Last Modified: 15 Aug 2025 17:49
URI: https://ilmiykutubxona.uz/id/eprint/904

Actions (login required)

View Item
View Item